Freelance Translator for Uzbek Texts Pul

Job ID: 39138451

Budget: $10 – $30 USD

Pul baxt keltiradimi? Ya’ni, soqqamiz oshgani sari rostdan ham biz baxtliroq bo‘lib boramizmi?

Ichki xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik haqidagi faylasufchilikni bir chetga surib o‘ylab ko‘rsak - HA, odam boy bo‘lsa, baxtliroq yashaydi degan gap mutlaqo to‘g‘ri.
Mabodo baxtsiz bo‘lsa ham, piyoda o‘tirib yig‘lagandan ko‘ra, BMWning ichida o‘tirib siqilish afzal. AUFF☝️

Xullas, inson hayotining ma’lum nuqtasigacha daromad va baxtlilik ko‘rsatkichi birgalikda yuradi. Ya’ni boyroqmisan – demak baxtliroqsan, degan qoida ishlaydi. Boylikning ma’lum nuqtasidan keyin esa daromad va baxtlilikning korrelatsiyasi (bog‘liqligi) yo‘qolib boradi.

Qo‘pol qilib aytganda, yillik 50.000$ daromadga ega bo‘lsangiz, Bill Geyts va sizning baxtlilik hislaringiz orasida aytarlik farq bo‘lmaydi.

Bu degani, birlamchi ehtiyojlardan keyingi zaruriyatlar qondirilgach, uyog‘iga daromadning ko‘payishi baxtlilikni oshirmaydi. Ya’ni odam o‘zining puli boshqalarnikiga nisbatan kam yoki ko‘pligiga qarab baxtni his qiladi.

Agar shunday bo‘lsa, demak odamlar boshqa odamlarga nisbatan o‘zining daromadini solishtirib, baxtsiz yoki baxtli yashashi mumkin. Shuning uchun iqtisodiy o‘sish juda muhim.

O‘zi ishim yurishmay turgandi, buyam yetmaganday qo‘shnim Malibu opti, deydiyu...